TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4462

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten493Zuel vun Usiichten
Publizéiert2. Feb.02.02.2026 08:06
Inhalt

Postinhalt

📅 Bugun, 2-fevral kuni đŸ« Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida ⏳ “KELAJAK SOATI” doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. 📌 Mavzu: “Sog‘lom hayot” Mazkur mashg‘ulot o‘quvchi-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlash, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini rivojlantirish hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lishga da’vat etish maqsadida tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida sog‘lom hayotning inson salomatligi, o‘qishdagi faollik va kelajakdagi muvaffaqiyatga bevosita ta’siri haqida tushuntirishlar berildi. Interaktiv suhbatlar, savol-javoblar va hayotiy misollar orqali o‘quvchilarning fikr-mulohazalari tinglandi. 📍 Tadbir yoshlarni sog‘lom fikrlaydigan, mas’uliyatli va faol hayot tarzini tanlashga undadi. 📌 Bizni kuzatishda davom eting! đŸ“± Telegram