TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4472

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten507Zuel vun Usiichten
Publizéiert3. Feb.03.02.2026 06:05
Inhalt

Postinhalt

2026-yilning 4–28-fevral kunlari ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda ro‘yxatga oluvchilar — mahalla vakillari xonadonma-xonadon yurib, ma’lumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritadilar. Hurmatli yurtdoshlar! Agar xonadoningizga kelgan registratorni tanimasangiz yoki unga nisbatan shubha tug‘ilsa, undan xizmat beydjikini ko‘rsatishni talab qiling. Beydjikdagi QR-kod orqali registrator haqidagi ma’lumotlarni tekshirishingiz mumkin — ushbu ma’lumotlar yagona bazaga kiritilgan. Shuningdek, 1851 qisqa raqami orqali faoliyat yuritayotgan kol-markazga qo‘ng‘iroq qilib, registrator haqida qo‘shimcha ma’lumot olish imkoniyati mavjud. Ayrim holatlarda birinchi bosqichda onlayn ro‘yxatdan o‘tib, sertifikat olgan fuqarolar xonadoniga ham registratorlar tashrif buyurishi mumkin. Bu, odatda, onlayn savolnomada ma’lumotlar xatolik yoki kamchiliklar bilan kiritilgani bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot