Postinhalt
🏫 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida huquqiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida texnikumimizda o‘quvchi-yoshlar bilan huquqiy savodxonlikni oshirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 📚 Uchrashuv davomida: ✅ yoshlar jinoyatchiligining oldini olish ✅ ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalalari ✅ internet va ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik ✅ huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi. 💬 O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Mazkur hamkorlik tadbiri yoshlarning ongli, mas’uliyatli va qonunlarga hurmat bilan yashaydigan barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi. 🤝 Texnikum va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etadi. #ToshkentTurizmTexnikumi #TDYU #HuquqiySavod