Postinhalt
#JadidlarMerosi Lutfullo Olimiy (1893–1969) ma’rifatchi, o‘qituvchi va jurnalist Lutfullo Olimiy 1893-yilda Namanganda ziyoli oilada tug‘ilgan. Dastlab otasi qo‘lida savod chiqargan, keyinchalik Namangan va Qo‘qondagi yangi usul maktablarida, shuningdek, Ufadagi “Oliya” madrasasida tahsil olgan. U Namangandagi “Namuna” va “Turon” maktablarida muallimlik qilgan, xalq maorifi sohasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1920-yillarda “Farg‘ona” (“Yangi Farg‘ona”) gazetasi muharriri sifatida faoliyat yuritgan. Lutfullo Olimiy Gulxaniy ijodini o‘rgangan ilk tadqiqotchilardan bo‘lib, Yangi alifbo harakati va “Qutadg‘u bilig” merosini asrashda faol ishtirok etgan. 1930–1949-yillarda qatag‘onlarga uchragan. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot