Postinhalt
🏫 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi Texnikumda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, axborot texnologiyalaridan xavfsiz va oqilona foydalanish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda Yashnobod tumani IIO FMB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarni oldini olish bo‘limi boshlig‘i Tashinov Q. Е shuningdek IIB Yoshlar masalalari bo‘yicha inspektorlar ishtirok etib, o‘quvchilarga kiberjinoyatlar, internet xavfsizligi, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va qonunchilikdagi javobgarlik masalalari yuzasidan batafsil tushuntirish berdilar. Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, foydali tavsiya va ko‘rsatmalarga ega bo‘ldilar. ✨ Bunday tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni turli salbiy holatlardan himoya qilish hamda ongli va mas’uliyatli avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. #HuquqiySavod #ТТММТ