Postinhalt
Xalqaro tajriba asosida o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim sifatini baholash bo‘yicha ekspertlar malakasi oshirilmoqda 🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimida davlat akkreditatsiyasi jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish dasturi o'tkazilmoqda. ☑️Dastur doirasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda Shayxontohur tuman texnikumida ichki baholash hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. ✅ Shuningdek, mahorat darslarida Ruminiyaning Kasbiy ta'lim markazi bilan ham yaqindan hamkorlik qilinmoqda. 💫 Malaka oshirish dasturi davom etmoqda. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #YUNESKO#malakaoshirish ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook