TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4537

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten437Zuel vun Usiichten
Publizéiert12. Feb.12.02.2026 04:26
Inhalt

Postinhalt

#Jadidlar_merosi Lutfullo Olimiy (1893–1969) — ma’rifatparvar, o‘qituvchi va jurnalist 1893-yilda Namanganda tug‘ilgan. Ilk savodni otasidan olgan, Qo‘qonda yangi usul va rus-tuzem maktablarida tahsil olgan. 1914-yildan muallimlik qilib, “Namuna” va “Turon” maktablarida dars bergan, maorif tizimida faol ishlagan. 1925–1930-yillarda “Farg‘ona” (“Yangi Farg‘ona”) gazetasida muharrir bo‘lgan. Gulxaniy ijodini o‘rgangan ilk tadqiqotchilardan. “Qutadg‘u bilig”ning Namangan nusxasini Fitrat bilan Toshkentga taqdim etgan. 1930-yilda qatag‘on qilinib, qamoq jazosiga hukm etilgan. Og‘ir sinovlarga qaramay, millat ma’rifati yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ziyoli sifatida tarixda qolgan. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot