TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4545

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten426Zuel vun Usiichten
Publizéiert13. Feb.13.02.2026 10:55
Inhalt

Postinhalt

“Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi Prezidentning “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–59-son, 11.02.2026-y.) qabul qilindi. Unga koʻra, 2026/2027 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari o‘quvchilarihamda umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining 9–11-sinf o‘quvchilari uchun har oyda kamida 2 marotaba startap gʻoyalarni yaratishga oʻrgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda: — oʻquvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi startap gʻoyasi” tanlovi oʻtkaziladi, tuman darajasidagi gʻoliblarga 5 mln soʻmgacha, viloyat darajasida – 10 mln soʻmgacha miqdorda mukofot beriladi; — loyihalar har chorakda oʻquvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi; — marketpleyslar bilan hamkorlik oʻrnatib, taʼlim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish yoʻlga qoʻyiladi. 2026-yil 1-apreldan muammo va masalalarni kraudsorsing asosida hal qilishning quyidagi tizimi joriy etiladi: Davlat organlari, tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar oʻz sohasidagi yechim talab qilayotgan muammo va masalalar boʻyicha: — kraudsorsing elektron platformasida eʼlon joylashtirib, tanlov tashkil qiladi; — har oyda startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar (“Startap kuni”) oʻtkazadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot