TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Inhalt
Postinhalt
Bugun buyuk davlat arbobi, shoir va mutafakkir — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. U o‘zining boy adabiy va ilmiy merosi, teran fikrlari hamda tarixiy xizmatlari bilan o‘zbek va jahon madaniyatida o‘chmas iz qoldirgan. Boburning “Boburnoma” asari, g‘azal va ruboiylari milliy adabiyotimizning bebaho durdonalaridir. Uning ilmga, adolatga va vatanparvarlikka chorlovchi g‘oyalari bugungi kunda ham yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodimiz xotirasi doimo qalbimizda, merosi esa avlodlardan avlodlarga meros bo‘lib qolaveradi. Bobur nomi — tarix, ma’rifat va g‘urur timsolidir. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot