TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4551

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten565Zuel vun Usiichten
Publizéiert14. Feb.14.02.2026 06:23
Inhalt

Postinhalt

🏫 Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab “Sharqning ikki quyoshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 📚 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi, ularning jahon adabiyoti va davlatchilik tarixidagi o‘rni haqida mazmunli ma’ruzalar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. 🎭 Ayniqsa, Navoiy g‘azallaridan parchalar va Bobur ruboiylari asosida tayyorlangan ijodiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. 🌟 Ushbu ma’naviy uchrashuv yoshlar qalbida milliy g‘urur, ajdodlar merosiga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. #SharqningIkkiQuyoshi#AlisherNavoiy#ZahiriddinMuhammadBobur#MaNaviyat#ToshkentTurizmTexnikumi