Postinhalt
#kelajak_soati #halollik_vaksinasi 📅 16-fevral 2026-yil 🏫Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent turizm va mehmonxona texnikumida “Kelajak soatlari” doirasida barcha o‘quv guruhlarida “Halollik vaksinasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar bilan halollik, vijdon, mas’uliyat va fuqarolik burchi kabi muhim qadriyatlar yuzasidan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Halollik – bu nafaqat shaxsiy fazilat, balki jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevori ekani alohida ta’kidlandi. 🔹 Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish 🔹 Yoshlar ongida huquqiy madaniyatni mustahkamlash 🔹 Halol mehnat va pok niyatning ahamiyatini anglash Mazkur tadbir o‘quvchilarda yuksak ma’naviy immunitetni shakllantirishga xizmat qildi. ✨ Halollik – eng katta boylik!