Postinhalt
Xotin-qizlar salomatligi — jamiyat barqaror taraqqiyotining muhim omili Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi tashabbusi hamda Yashnobod tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida texnikumimizda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun profilaktik tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ayollar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning erta aniqlanishini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iboratdir. Tibbiy ko‘rik davomida mutaxassis shifokorlar tomonidan zarur tavsiyalar berildi hamda ishtirokchilar o‘z salomatligi bo‘yicha bepul maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Texnikumimizda xotin-qizlarning sog‘lig‘i, ijtimoiy faolligi va farovonligi doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda. Zero, sog‘lom ayol — sog‘lom oila, sog‘lom jamiyat demakdir. #XotinQizlarSalomatligi #SoglomTurmushTarzi #ToshkentTurizmTexnikumi #YashnobodTuman #ProfilaktikKorik