Postinhalt
🏨✨ Amaliyot — muvaffaqiyat sari muhim qadam! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi mehmonxonasida ishlab chiqarish ta’limi ustasi M. Muxamedova rahbarligida 5–25-guruh o‘quvchilari uchun ko‘chma dars tashkil etildi. Mashg‘ulot nufuzli “Mercure Tashkent South” mehmonxonasida o‘tkazildi. Dars davomida o‘quvchilar zamonaviy mehmonxona boshqaruvi, mehmonlarni kutib olish va joylashtirish jarayonlari, servis sifati hamda xalqaro standartlar asosida xizmat ko‘rsatish tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Amaliy dars o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va real ish jarayoni bilan bevosita tanishish imkonini berdi. 🌍 Tajriba + bilim = professional kelajak! #ToshkentTTMM #Ko‘chmaDars #MercureTashkentSouth #MehmonxonaServisi #KasbiyTa’lim