Postinhalt
📢 Yoshlar kelajagi – to‘g‘ri tanlovdan boshlanadi! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi biologiya fani o‘qituvchisi B. Xudoyberdiyeva tomonidan Yashnobod tumani 23-sonli umumta’lim maktabining 9–11-sinf o‘quvchilari bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarga texnikumda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy kasblar, amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelajakda o‘z o‘rnini topishda kasb-hunar ta’limining ahamiyati alohida ta’kidlandi. 💡 O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajak rejalari uchun muhim yo‘nalishlar haqida tushunchaga ega bo‘ldilar. #Targibot#KasbTanlash#YoshlarKelajagi#Texnikum#Yashnobod#Ta’lim