Postinhalt
🎓 Yoshlar – kelajagimiz poydevori! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi S. Azimxonova tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 279-maktabning 9–11-sinf o‘quvchilari bilan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. 📌 Tadbir davomida o‘quvchilarga texnikumda mavjud yo‘nalishlar, zamonaviy kasblar, o‘qish jarayoni hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 💬 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelajak kasbini tanlash borasida muhim tavsiyalar bilan tanishdilar. ✨ Mazkur targ‘ibot ishlari yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajakda muvaffaqiyatli mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi. 📍 To‘g‘ri tanlov – porloq kelajak garovi! #Targibot#KasbTanlash#Texnikum#YoshlarKelajagi#MirzoUlugbek#279maktab