Postinhalt
🥗“Toza likopcha – sog‘lom hayot sari yo‘l” Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda “Toza likopcha – sog‘lom hayot sari yo‘l” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. 📌 Tadbir davomida o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati, oziq-ovqat mahsulotlaridan oqilona foydalanish va isrofga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. 👩⚕️ Mutaxassislar tomonidan mavzu prezentatsiya asosida yoritilib, sog‘lom ovqatlanish inson salomatligida muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi. 🍽 Amaliy mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, parhez va foydali taomlar tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. 💬 Ochiq muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. ✨ Mazkur tadbir yoshlar orasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish va “Toza likopcha” dasturini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.