TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #5452

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten498Zuel vun Usiichten
Publizéiert22. Abr.22.04.2026 05:36
Inhalt

Postinhalt

🛑 Erta nikoh – kelajak uchun jiddiy xavf! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Erta nikoh muammolari va uning oldini olish” mavzusida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 📌 Tadbirda mutaxassislar tomonidan erta nikohning kelib chiqish sabablari, uning huquqiy jihatlari hamda yoshlar hayotiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi. 👩‍⚕️ Psixolog va tibbiyot xodimlari tomonidan erta nikohning: — ruhiy bosim va stressga olib kelishi — ta’lim jarayonining uzilishiga sabab bo‘lishi — ona va bola salomatligiga xavf tug‘dirishi kabi oqibatlari alohida ta’kidlandi. 💬 Ochiq muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. ✨ Tadbir yoshlar orasida ongli qaror qabul qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda oila qurishda mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi. 📍 To‘g‘ri qaror – baxtli kelajak garovi! #ErtaNikoh#YoshlarKelajagi#SoglomTurmush#Texnikum#Toshkent#Profilaktika