TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #5491

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten615Zuel vun Usiichten
Publizéiert24. Abr.24.04.2026 16:09
Inhalt

Postinhalt

📢 Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi! 🏢 Yashnobod tumani “Kelajak markazi”da maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi faol ishtirok etdi. 🎓 Tadbir davomida texnikum vakillari tomonidan o‘quvchilarga ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar va kelajak kasblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, sohaga oid muhim tushunchalar bilan yaqindan tanishdilar. ✨ Mazkur tadbir yoshlarning kasb tanlashida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, ularning qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. 📌 Siz ham kelajagingizni biz bilan quring! 📱 Bizni kuzatishda davom eting: https://t.me/ttmmtrasmiy