TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #5528

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten388Zuel vun Usiichten
Publizéiert30. Abr.30.04.2026 08:34
Inhalt

Postinhalt

#kasblar_festivali O‘zbekistonda ilk bor kasblar festivali o‘tkaziladi 💠 Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan 5-may “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan O‘zbekistonda ilk bor kasblar festivali tashkil etilmoqda. Festival yurtimiz bo‘ylab yuqori saviyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Asosiy tadbirlar poytaxtimizdagi “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tadi. 📑 Festival doirasida zamonaviy kasblar olami, innovatsion yondashuvlar va interaktiv formatlar uyg‘unlashgan dastur ishtirokchilarga unutilmas taassurot bag‘ishlashi kutilmoqda. 📸Shuningdek, 20 dan ortiq kasblar ko‘rgazmasi, VR texnologiyalari orqali kasblarni sinab ko‘rish imkoniyati, “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”, “Xorijdaish.uz” va “Psixolog maslahati”, "Inklyuziv ta’lim", "O‘zbek sanoati", xorijiy tillar maydonlari, Xalqaro va mahalliy hamkor tashkilotlar ko‘rgazmasi hamda ishtirokchilar uchun galakonsert dasturi tashkil etiladi. 🖼Festival mobaynida ochiq muloqotlar, startap va innovatsiyalar taqdimotlari,ijtimoiy videoroliklar tanlovi, osh chempionati hamda #KasbFest2026 xeshtegi ostida foto va video chellenjlar o‘tkazilmoqda. 🔅Alohida e’tibor “Bir kasb – bir yaxshilik” ijtimoiy loyihasiga qaratilgan bo‘lib, unda yoshlar tomonidan ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatiladi. 📍Manzil: “Alpomish” muz saroyi 🗓Sana: 5-may 👉Batafsil: Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X