TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #5529

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten402Zuel vun Usiichten
Publizéiert30. Abr.30.04.2026 13:14
Inhalt

Postinhalt

🇩🇪🤝TEXNIKUMIMIZDA XALQARO HAMKORLIK YO‘LIDAGI MUHIM UCHRASHUV! Bugun texnikumimizga Germaniyaning Erfurt shahridagi Handwerkskammer Erfurt tashkiloti vakili, Berufsschule-Bildung yo‘nalishi referenti Magdalena Szypa-Raabe tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida o‘quvchilarimiz uchun Germaniyada kasbiy ta’lim olish, dual ta’lim tizimi asosida tahsil ko‘rish, amaliyot o‘tash hamda kelajakda malakali mutaxassis sifatida faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida batafsil taqdimot tashkil etildi. 📌“CRAFT” loyihasi doirasida quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi: 🔹 Germaniyada talab yuqori bo‘lgan 130 dan ortiq kasblar 🔹 Kasbiy ta’lim va ish faoliyatini boshlash shartlari 🔹 Dual ta’lim tizimining afzalliklari (nazariya va amaliyot uyg‘unligi) 🔹 Nemis tili darajalari (B1/B2) talablari 🔹 Viza olish, hujjatlashtirish va kasbiy malakani tan olish jarayonlari 🔹 Yoshlar uchun xalqaro ta’lim, amaliyot va bandlik imkoniyatlari 🌍 Ushbu uchrashuv texnikumimiz o‘quvchilari uchun xalqaro tajriba orttirish, Germaniyada zamonaviy kasb-hunar egallash hamda global mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ladi. Ayni paytda, texnikumimizning Germaniya bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda va kelgusida yangi qo‘shma loyihalar hamda istiqbolli tashabbuslarning amalga oshirilishi kutilmoqda. 🤝 Handwerkskammer Erfurt bilan yo‘lga qo‘yilayotgan bunday hamkorlik aloqalari texnikumimizda xalqaro sheriklikni yanada kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish va yoshlarimiz uchun yangi istiqbollar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. #XalqaroHamkorlik#Germany#HandwerkskammerErfurt#MagdalenaSzypaRaabe#CRAFT#KasbiyTalim#DualEducation#GlobalOpportunities