TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #5541

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten551Zuel vun Usiichten
Publizéiert30. Abr.30.04.2026 14:14
Inhalt

Postinhalt

🤝 BUGUN MUHIM HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum muddatli harbiy xizmatdagi askarlar uchun qisqa muddatli kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etish, ularni zamonaviy va amaliy kasb-hunarlarga o‘qitish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xizmatdan keyingi bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. 📌 Hamkorlik doirasida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar texnikum bazasida zamonaviy va amaliy yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunar egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🏛 Shuningdek, memorandum imzolash marosimidan so‘ng harbiy xizmatchilarni kasbga o‘qitishda ishtirok etuvchi texnikum pedagog-o‘qituvchilari universitetning Tarixiy muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Ushbu hamkorlik askarlarning kasbiy salohiyatini oshirish, kelgusidagi faoliyatiga mustahkam zamin yaratish hamda ta’lim va harbiy soha o‘rtasidagi integratsiyani yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.