TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Inhalt
Postinhalt
#kasblar_festivali “Kasb va mehnat kuni” doirasida kasblar festivali Toshkent shahridagi Alpomish muz saroyida 5-may — “Kasb va mehnat kuni”ni keng nishonlash hamda kasblar jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan “Kasblar festivali” o‘tkazildi. Mazkur tadbirda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan texnikum o‘quvchilari ishtirok etib, turli kasb yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rgazmalar namoyish etdi. Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi ham oshpazlik va restoran biznesi xizmatlari bo‘yicha faol ishtirok etdilar. Ushbu ko‘rgazmalar orqali yoshlar o‘zlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini keng jamoatchilikka taqdim etdilar.