TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #5591

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten493Zuel vun Usiichten
Publizéiert6. Mee06.05.2026 12:25
Inhalt

Postinhalt

Kasblar va mehnat kuni festivali — yoshlar uchun katta imkoniyatlar maydoni Toshkent shahridagi Gyote institutida tashkil etilgan Kasblar va mehnat kuni festivali ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida yoshlar, ish beruvchilar, ta’lim muassasalari, davlat organlari hamda xalqaro hamkor tashkilotlar bir maydonda jam bo‘lib, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda mehnat bozoridagi talab va tendensiyalar yuzasidan o‘zaro muloqot olib bordilar. Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi jamoasi tomonidan ta’lim jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar hamda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar keng jamoatchilikka taqdim etildi. Texnikum o‘quvchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdilar. Mazkur festival yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda zamonaviy kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.