TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #5592

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten456Zuel vun Usiichten
Publizéiert7. Mee07.05.2026 10:03
Inhalt

Postinhalt

📚 Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida Yashnobod tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Yoshlar ishtirokida kitobxonlik madaniyatini oshirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida mutaxassislar tomonidan qimmatli fikr va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, talaba-yoshlar o‘zlari sevib mutolaa qilayotgan kitoblari, sevimli adiblari hamda kitobxonlikning hayotdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar. 📖 Kitob o‘qigan yosh — kelajak bunyodkori! #TTMMT#Kitobxonlik#Yoshlar#Manaviyat#Mutolaa#Toshkent#Yashnobod#TalabaYoshlar