TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #5660

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten798Zuel vun Usiichten
Publizéiert13. Mee13.05.2026 06:16
Inhalt

Postinhalt

📋 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida muhim so‘rovnoma o‘tkazildi ✅ 2026-yil 12-may kuni Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi hamda Shveysariyaning “VET4UZ” loyihasi hamkorligida professional ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida maxsus so‘rovnoma tashkil etildi. 🎯 So‘rovnomadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning bugungi ta’lim jarayonidagi ehtiyojlari, qiziqishlari va mavjud muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. 📚 O‘quvchilarning faol ishtiroki va bildirgan takliflari kasbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim аҳамият kasb etadi. 🤝 O‘z fikr-mulohazalari bilan ta’lim tizimi rivojiga hissa qo‘shgan barcha o‘quvchilarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! #ToshkentTTMT #KasbiyTa’lim #VET4UZ #So‘rovnoma #YoshlarFikri #ProfessionalTa’lim