TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #5667

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten481Zuel vun Usiichten
Publizéiert13. Mee13.05.2026 12:40
Inhalt

Postinhalt

🤝HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash, texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limda o‘qishini davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida: 🔹 texnikum bitiruvchilarini oliy ta’limga tizimli jalb qilish; 🔹 qo‘shma seminar, trening va mahorat darslarini tashkil etish; 🔹 innovatsion va startap loyihalarni amalga oshirish; 🔹 xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish; 🔹 talabalar uchun amaliyot va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik olib boriladi. Shuningdek, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun Institutning mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinish imkoniyatlari yaratiladi.