Postinhalt
#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti ⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi o‘qituvchilari tomonidan muddatli harbiy xizmatchilar uchun ilk saboqlar tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotlar doirasida askarlar uchun kasb-hunarga yo‘naltirilgan darslar tashkil etilib, ularga xizmatdan tashqari hayotda ham asqotadigan amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi. Mashg‘ulotlar interaktiv tarzda olib borilib, askarlarning faol ishtiroki ta’minlandi. Darslar davomida ular berilgan bilimlarni amaliy misollar orqali mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Muddatli harbiy xizmatchilarning mashgʻulot yuzasidan savollariga batafsil javoblar berilib, qo‘shimcha tushuntirishlar taqdim etildi. ➡️Universitet rasmiy sahifalari: 📱Telegram |📱Instagram |📱Facebook |🇺🇿akad.uz |📱YouTube