TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #5719

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten411Zuel vun Usiichten
Publizéiert22. Mee22.05.2026 11:19
Inhalt

Postinhalt

🍽️✨ ILK BOR, Professional ta’lim agentligi ko‘magida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumining “Oshpazlik ishi” yo‘nalishi 1-bosqich o‘quvchilari uchun kasbga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida mini-ekskursiya tashkil etildi. 🏭 Ekskursiya CRAFERS fabrikasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur korxona shokolad, unli hamda qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy, yuqori texnologik va jahon darajasidagi ishlab chiqarish korxonasi hisoblanadi. 👨‍🍳 Fabrikaning bosh texnologi o‘quvchilarni ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy uskunalar hamda qandolatchilik sohasidagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. 📌 Ushbu tadbir o‘quvchilarni kelgusida ishlab chiqarish amaliyotiga yo‘naltirish va yirik ishlab chiqarish korxonalariga tashriflarni tashkil etishning ilk bosqichi bo‘ldi. ✨ O‘quvchilar foydali bilimlar, yorqin taassurotlar va kasbiy rivojlanish uchun qo‘shimcha motivatsiyaga ega bo‘lishdi. #CRAFERS #OshpazlikIshi #ProfessionalTa’lim #Ekskursiya #TurizmVaMehmonxonaMenejmenti