Postinhalt
🎓 25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari doirasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi o‘qituvchi va mas’ul hodimlari Yashnobod tumanidagi 255-, 307-, 153-, 69-, 282- hamda 161-maktablarda bo‘lib, bitiruvchi yoshlarni samimiy tabrikladilar hamda texnikumdagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. 📚 Uchrashuv davomida o‘quvchilarga: — stipendiya olish imkoniyati, — soliq imtiyozlari, — zamonaviy va yangi kasblar, — 2-kursdan oliy ta’limni davom ettirish imkoniyati, — chet tili darslari maktablarga nisbatan bir necha barobar ko‘pligi, — xalqaro WorldSkills musobaqalarida qatnashish va 1 milliard so‘mgacha mukofot yutish imkoniyatlari haqida tushuntirish berildi. 🌍 Shuningdek, bugungi kunda kasb-hunar egallashning dolzarbligi, malakali mutaxassis bo‘lishning afzalliklari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida motivatsion suhbatlar tashkil etildi. 🤝 Tadbirlar maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda yuqori saviyada o‘tkazildi. #BitiruvchiYoshlar #KasbgaYo‘naltirish