Įrašo turinys
DIZAYN va MEN ma'lumot jo'natdi#rufat Institutda 3-bosqich talabasi bo‘lganimda “Dizayn asoslari” fani o‘tiladigan bo‘ldi. O‘qituvchi birinchi darsda: “Xo‘sh, aytinglarchi xaridor kitob do‘koniga kirganida, kitob tanlayotganida birinchi bo‘lib nimaga e’tibor beradi?” deb so‘radi. 10 ta talabadan 19 xil fikr chiqdi. O‘qituvchi esa birontasini to‘g‘ri demadi. Shunda men tahlil qilishni boshladim. Hozir “dizayn asoslari” fanining birinchi darsi. Demak savol fanga a’loqador... Va nihoyat auditoriyada aytilgan 20-fikrni o‘qituvchi to‘g‘ri dedi. Javob DIZAYN edi. Ko‘pincha xaridorni birinchi navbatda jalb qiladigan narsa, bu kitobning ko‘rinishi, muqovasidagi rasm va ranglarning yoqimliligi. Birinchi darsda dizayn nimaligini, dizaynerlar qanday dasturlarda ishlashini bilib oldim. Uyga keldim. Internetni yoqdim. CorelDraw, dizayner so‘zlarini yozib, bo‘sh ish o‘rinlarini qidirdim. Natijalar meni hayron qoldirdi. Photoshop va CorelDraw da yaxshi ishlay oladiganlar uchun 2 million so‘m atrofida oylik olishi men uchun yangilik edi. Nahotki Photoshopda ishlab shunday oylik olsa bo‘ladi. ’’Dizayn asoslari‘‘ fani men uchun juda qiziqarli edi. Nima desam ekan? Qolganlar 8-9 tonna osh qilishayotganda, men bamisoli 50 tonnalik osh qilayotgandek edim. 1 oy ichida mustaqil ravishda, videodarslarni ko‘rib Photoshop dasturini asoslarini o‘rgandim. Yozda ta’til boshlandi. Photoshop dasturidagi bilimimni tekshirish niyatida bo‘sh ish o‘rinlarini qidirdim. Ovqat eltib berish xizmatini ko‘rsatadigan korxonada bo‘sh ish o‘rini bor ekan. Bordim. Test uchun vazifa berishdi. Fotapparatda olingan ovqatning fotolarini fonini almashtirib, rangini to‘g‘irlash kerak ekan. Vazifalarni muammosiz bajardim. Lekin ishga kirmadim. Sababi instituda yana bir yil o‘qishim kerak edi. Ularga esa doimiy ichshi kerak edi. To‘g‘ri yo‘lda ketayotganligim, meni quvontirdi. Photoshop dasturi bu oddiy ish quroli. Deylik, sizda ovqat qilish uchun kerak bo‘ladigan pichoq, cho‘mich, kapkir, qozon kabi ish qurollarini ishlatib, taom tayyorlashni bilasiz. Biroq siz tayyorlagan taomni, o‘zingizdan boshqa hech kim yemaydi. Chunki u mazasiz, yaxshi pishmagan. Mazali ovqat qilish uchun esa siz olovni qanday miqdorda yoqishni, tuzni va mahsulotlarni me’yorida solishni bilishingiz zarur. Shunga o‘xshab, Photoshop dan tashqari siz dizayndan xabardor bo‘lishingiz zarur. Dizayn bu nima? U paytlarda menda dizayn deganda miyamga faqat jimjimador, yaltiroq, qimmat, ahmoqona narsalarni kelardi. Chunki yochligimda televizorda fashion kanalida, dizaynerlar chizgan kiyimlarning ko‘rgazmasida asosan jinnicha kiyimlar ko‘rsatilar edi. Institutdagi o‘qish davomida mening yordamchimga, do‘stimga aylangan google da dizayn nima deb qidiruv berdim. Natijada mover.uz da 3daziz kanalidan videodarsliklar topdim. Videodarslar muallifi Miraziz Axmedov. Bilimlarini qizg‘anmay, yashirmay dizaynning mohiyatini, nazariyasini, sirlarini sodda tilda tushuntirganlar. Videodarsliklar 8 yoshli bola tushunadigan darajada. Tafsiya qilaman. Dizayn nima? (1-qism) https://goo.gl/avMrqa (2-qism) https://goo.gl/ckfKPB Ranglar haqida. https://goo.gl/Dk5Lge Undan tashqari muomala psixologiyasi haqida videolari ham bor. O‘zbek tilidagi birinchi raqamli ochiq manbaa deb bilaman. Hozir 2016-yilgacha yozilgan videodarsliklarini bepul beradilar. #Photoshop#dizayn#maqola#mover#video 🎓Design academy