Įrašo turinys
REKLAMADA DIZAYNERNING O'RNI Dizayn (inglizcha «design» - «loyiha», «chizma», «rasm» so'zidan) - narsalar muxitini este¬tik va funksional sifatlarini shakllantirishga qaratilgan loyihalash faoliyati turlaridan biridir. Dizayn faoliyati tarkibiga keng iste'mol buyumlari, mashina, dastgox, kiyim, ishlab chiqarish, jamoat va turarjoy binolarini jixozlash, mebel, shu jumladan reklama ham kiradi. Dizayn XX asrning boshlarida yuzaga kelib, 30-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida AQSH va g'arbiy yevropada shakllandi. XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmidan dizayn faoliyatining doirasi ancha kengaydi. O'zbekistonda xam dizayn jadallik bilan rivojlanmoqda. Mamlakatimizning qator ta'lim muassasalarida intererlar va sanoat grafikasi, libos dizayni va dizayn faoliyatining boshqa turlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yo'lga qo'yilgan. Reklama dizayni jarayoni iste'molchining e'tiborini tortadigan va uni reklamaga qiziqtira oladigan yangi vositalarni muttasil izlashdan iborat. Dizayn - ijodiy jarayon, uning uslubi qarashlar yaxlitligi va ijodiy masalalar yechimiga erkin yondashuvni ifoda etadi. Dizayn uslubi haqida gapirilganda, u did, me'yor va yaxlitlik bilan ajralib turishini qayd etish lozim. Yaxshi uslub reklama qilinayotgan tovar va mijozning kimligidan qat'i nazar, bir xil kayfiyat va bir mavzuni saqlab turadi. ma'lumot jo'natdi#dilshodIsmoilovdio 🎓Design academy