Įrašo turinys
REKLAMANING MAQSADI Reklamaning maqsadi - iste'molchini tovarni sotib olishga ishontirish. Reklama g'oyasini shakllantirishda buni doimo yodda tutish kerak. Shuning uchun dizayner ma'lum bir manfaatni ko'zlab emas, birinchi navbatda, o'z mijozining muammolarini hal qilish haqida o'ylashi lozim. Mijozning manfaatini unutish va sof tasviriy muammolarga mukkasidan berilish dizaynerni maqsaddan chetlashtiradi. Dizayner reklama dizayni ustida ish boshlayotganda bir qator masalalarni hal qilishiga to'g'ri keladi. Avvalo, u reklama nimani: mahsulot, xizmat turi yoki g'oyani taklif qilishi lozimligini aniqlaydi. Dizayner quyidagi savollarga aniq javob berishi kerak: • Reklama beruvchi xaridorlarni saqlab qo lishni hohlaydimi yoki ularning davrasini kengaytirishnimi? • U yaqin maqsadni ko'zlayaptimi yoki uzoqqa mo'ljallangan maqsadnimi? • Reklama yagonami yoki turkum reklamalarning bir qismimi? • Uning mavzusi nima? • Sabablari qanday? • Reklama qaysi iste'molchilarga mo'ljallangan? • Tanlangan iste'molchilarga qanday yondashgan ma'qul? • Qaysi vositalar (gazeta, jurnal, pochta)dan foydalangan ma'qul? • Foydalanilayotgan vositalarning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? • Chop etishning qaysi usulini tanlagan ma'qul? • Badiiy bezak va shriftning xususiyatlari nimadan iborat? • Reklamaning byudjeti qancha? • Reklama yilning qaysi vaqtida nashr ettiriladi? • U qaysi ishlarni o'zi bajaradi, qaysilariga chetdan mutaxassislarni taklif qilishi lozim bo'ladi? Ba'zan reklama mahsulotning mavjudligi va uning bahosi haqida xabar berish bilan cheklanadi. Ammo, odatda dizaynerning oldiga murakkabrok vazifalar qo'yiladi. Undan tovar haqida tarqalgan yolg'on mish-mishlarni bartaraf etish yoki tovarni raqobatchilar tovaridan farqlash, o'zgacha bir ko'rinish berish yoxud iste'molchini tovarning qo'shimcha funksiyalaridan xabardor qilish yoki iste'molchilar doirasini ken-gaytirishni so'rashlari mumkin. Dizayner shakl va mazmunga oid qarorlar qabul qiladi. Bunda dizaynerga, odatda, u bilan hamkorlikda ishlaydigan matnchi yordam beradi. Shakl tanlashda dizayner mutlaqo mustaqildir. U reklama uchun surat kerakmi yoki yo'q, bu surat chiziladimi yoki foto shaklida bo'ladimi, matn kerakmi yoki sarlavhaning o'zi bilan kifoyalanish mumkinmi bularning barchasini o'zi hal qiladi. Buyurtmachi bilan ish olib borishni bilish dizayner uchun katta ahamiyatga ega. Buyurtmachi, masalan, dizaynerni reklamaga xunuk tovar belgisini kiritishga majbur qilishi mumkin. Buyurtmachi reklamaning juda jo'n shaklda bo'lishini, mazkur mijozning avvalgi reklamalariga nisbatan didsiz bezalishini talab qilishi mumkin va k-k. Bunday holatlar amaliyotda ko'p uchraydi va dizayner yuzaga chiqayotgan nizoni yumshatishga va reklama buyurtmachilarga reklamaning ta'sirchanligini susaytiradigan ortiqcha holatlarga xojat yo'qligiga ishontirishi lozim bo'ladi. “Reklama va dizayn” G.Karimova, X.Kamilova маълумот #dilshodIsmoilovdio дан олинди. 🎓Design academy