Įrašo turinys
DIZAYNERNING IJODIY SALOHIYATI Dizayner reklama qog’ozda eskiz shaklida aks etmasidan avval, uni fikran tasavvur qilishi kerak. Hayoliy tasavvur reklamadagi eng muxim ijodiy jarayonlardan biri sanaladi. Reklama va dizaynda ijod bir qarashda biron umumiyligi bo’lmagan narsalar orasida bog’liqlik topish salohiyati bilan belgilanadi. Reklamachilar ijod jarayonini «aqliy xujum» dan boshlash ma'qul, deb hisoblaydilar. Bu usulga ko’ra, ijodiy hodimlar guruhi yig’ilib, tasavvur etish qiyin bo’lgan g’oyalarni o’rtaga tashlab, bir-birlarining tasavvurini «o’t oldiradilar». Bir g’oya boshqasining paydo bo’lishiga turtki bo’ladi, mutlaqo kutilmagan tasavvurlarga erk beriladi. Bunday «aqliy hujum» ishtirokchilarining yagona maqsadi - eng qiziqarli yechimni topishdan iborat. Dizayner boshqa reklama firmalarining modellari, qayta ishlanmalari va dizaynini o’rganishi, ulardan o’z reklamasi uchun ba'zi qiziqarli jixatlarni o’zlashtirib olishi mumkin – buning e'tirozga loyiq jixati yo’q. Har bir rassom, boshqa rassomlarning reklamalaridan o’z fikrlari va tasavvurlariga mos keladigan topilmalarni yig’adi. U o’zgalarning ishlarini tahlil etish, qiziqarli namunalarni tanlash va yig’ish ijodiga ta'sir ko’rsatishi shubhasiz. Bir marta yahshi samara bergan badiiy yechimlar boshqa rassomlarning ishlarida takrorlanadi va buni hech kim o’g’irlik hisoblamaydi. ma'lumot jo'natdi#dilshodIsmoilovdio 🎓Design academy