Įrašo turinys
Dizaynerning ijodiy faoliyatini quyidagilar rag’batlantiradi: 1. O’zlashtirish. Uning yordamida boshqa sohalardan badiiy haqiqatlar izlab topiladi. Masalan, biron rasm kompozitsiyasi reklamaning shaklini topishga turtki bo’lishi mumkin. Tabiatning o’zi dizayn uchun bitmas tuganmas g’oyalar manbaidir. 2.To’ldirish. Aytaylik, bironta sifatli mahsulot reklamasining soddalashtirilgan ko’rinishi, bir nechta ana shunday ko’rinishlarni mujassamlashtirgan murakkabroq reklama yaratish uchun asos vazifasini o’tashi mumkin. 3. Ajratib olish. Dizayner bironta reklamaning uziga yoqqan kismini ajratib oladi va uning asosida yangi reklama dizaynini ishlab chikadi. 4.Qayta ishlash. Dizayner muvaffaqiyatli chiqqan bironta reklamani olib, uning tuzilishini o’zgartiradi, masalan, o’z reklamasida to’rtta emas, balki uchta rasm joylashtiradi yoki sarlavhani yuqoridan pastga oladi. 5.Soddalashtirish. Bironta dizayner sarlavhani reklamaning chetiga yaqinroq surishga qaror qiladi. Boshqa bir dizaynerga bu usul ma'qul keladi va u sarlavhani, shu bilan birga matnni ham yanada chetroqqa surib qo’yadi. 6. Qarama-qarshi qo’yish. Agar ko’pchilik reklamalar to’q ranglarda ishlangan bo’lsa, dizayner aksincha, yorqin bo’yoqlar va oq hoshiyalardan foydalanishi mumkin. Ko’pchilik yumaloq shakllarni ishlatsa, dizaynerning burchakli shakllarni kiritishi maqsadga muvofiqdir. Umuman, ko’p ishlarni boshqalar misolida o’rganish mumkin, lekin bunga berilib ketmaslik zarur. Xatto boshlovchi dizayner ham namunalardan faqat g’oyalarni o’zlashtirishi mumkin. Ularga dizayner o’zining shaxsiy chizgilarini qo’shishi lozim. “Reklama va dizayn” G.Karimova, X.Kamilova. ma'lumot jo'natdi#dilshodismoilovdio 🎓Design academy