TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← RedFox Branding
RedFox Branding avatar

TGINSIGHT POST

Post #156

@RedFoxuz

RedFox Branding

Peržiūros737Peržiūrų skaičius
Paskelbta02-052018-02-05 04:41
Turinys

Įrašo turinys

​​REKLAMA DIZAYNINING TAMOYILLARI Dizayn - bu samarali fikrlash, g’oyaning amalga oshishi ifodasidir. Har qanday faoliyat sohasidagi dizayner, birinchi navbatda, rassom emas. U, avvalo, tasodifga kura rassom ham bo’lgan ijodkor shaxsdir. Dizayner shunchaki biz har kuni qiladigan ishni qiziqarliroq va murakkabroq tarzda bajaradi. Biz nimanidir muayyan tartibda rejalashtirganimizda yoki dasturxon tuzaganimizda go’yoki dizayn bilan shug’ullanamiz. Dizaynerning ishi esa ancha murakkab, odatiy emas, uning izlanish yo’lida noma'lum so’qmoqlar ham mavjud. Dizayner betartib rasmlar, matn parchalari, sarlavxalar va oq kenglikni shunday bir tartibga soladiki, iste'molchiga reklamani osongina o’qish va uni tushunishda yordamlashadi. Go’zallik esa iste'molchiga quvonch bag’ishlaydi. Reklamadagi tartib bevosita go’ zallikka aloqadordir. Go’zallik soddalikka, lekin shu bilan birga xilma-xillikka ham ega. Rassom dizayn yoki eskiz bilan shugullanadimi, u san'atda u yoki bu darajada xullash mumkin bulgan dizayn tamoyillariga albatta amal kiladi. Dizayn tamoyillariga o’tishdan avval, uning unsurlariga qisqacha to’xtalish lozim. Ular quyidagilardir: 1. Unsurlar. Ular to’g’ri va qiyshiq, yo’g’on va ingichka, silliq va dag’al, uzluksiz va uzuq-yuluq, ko’zga ko’rinadigan yoki tasavvur qilinadigan bo’lishi mumkin. 2. Bo’yoq. Sidirg’a qora yoki kulrang buyoqlar ko’pincha grafik konstruksiyaning asosiy satxini qoplaydi. 3. Rang. Reklamada rang boshqa unsurlarga qaraganda xushkayfiyat uyg’otadi. 4. Sath. Biron rangdagi sathda rasm paydo bo’lgach, dizayner u bilan shug’ullanishi kerak bo’ladi. Reklama bosilayotgan qog’ozning o’zi sathdir. U dag’al va silliq, qo’pol va notekis, mayin va tekis, yumshoq va dag’al bo’lishi mumkin. 5. Shakl. Birlashtirilgan, siniq; yoki egilgan chiziqlar, shuningdek, reklamaning umumiy o’lchamlari dizayn uchun shakl yaratadi. 6. O’lchov. Reklama unsurlarining o’lchovi turlicha bo’lishi mumkin, lekin kattaroqlari kuchliroq taassurot qoldiradi. 7. Yo’nalish. Chiziqlar va ulardan yasalayotgan shakllar o’z yo’nalishiga ega bo’lib, ular hatto harakat taassurotini yaratadi. Dizaynerning vazifasi - ularning yo’nalishini nazorat qilishdir. “Reklama va dizayn” G. Karimova, X. Kamilova. ma'lumot jo'natdi#dilshodismoilovdio 🎓Design academy