TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← RedFox Branding
RedFox Branding avatar

TGINSIGHT POST

Post #159

@RedFoxuz

RedFox Branding

Peržiūros522Peržiūrų skaičius
Paskelbta02-072018-02-07 18:39
Turinys

Įrašo turinys

​​REKLAMA DIZAYNINING TAMOYILLARI(Davomi) Dizayn unsurlaridan foydalanishni tamoyillar belgilab beradi. Ular san'atning boshqa turlari: rassomlik, haykaltaroshlik, me'morchilik va sanoat dizayni asosiga qo’yilgan. Tamoyillar konstruksiyaning har bir unsuriga yoki unsurlar umumiy jamlanmasiga qo’llanilishi mumkin. Dizayner ular yordamida tartibni tezroq topishi va rang-baranglikni ifodalashi mumkin. Dizayner uchun tamoyillar katta ahamiyatga ega. Reklama dizayni nuqtai nazaridan eng ommabop va to’liq tamoyillar quyidagilardir: • Konstruksiya mutanosib bo’lishi kerak. • Reklama ichidagi sath mutanosib ravishda taqsimlanishi lozim. • Yo’nalish yorqin ifodalanishi kerak. • Unsurlar yaxlitligi mustahkam ushlab turilishi zarur. • Reklamada uning bironta qismi yoki unsuri ustun turmog’i maqsadga muvofiq. Tamoyillarni shunday ifodalash mumkin: mutanosiblik, nisbat, izchillik, yaxlitlik, urg’u berish. Mutanosiblik. Reklama «mutanosib» bo’lganda uning unsurlari: rasm, surat, sarlavxa va matnda jo’shqkinlik his etilsada, o’zi ichki sokinlik holatida bo’ladi. Dizayner «mutanosiblik»ning ikki turi bilan: rasman (simmetrik) va norasman mutanosiblik bilan ish ko’radi. Rasman mutanosiblikda reklamaning bir tomonidagi har bitta unsurning shakli va o’lchami ikkinchi tomonidagi unsurga muvofiq bo’ladi. Tasavvur etilayotgan tik chiziq orqasiga o’tuvchi unsurlar bu o’qqa nisbatan simmetrik holatda joylashadilar. Bu turdagi «mutanosiblik» reklamada, ayniqsa, rasmiy reklamada saqlanib kelmoqda. Norasmiy mutanosiblikda optik muvozanat ham saqlanadi, lekin bunda murakkabroq usullar orqali erishiladi. Dizayner reklamaning yuqori va quyi qismlarining o’zaro bog'liqligini ham unutmasligi kerak. Reklamaning barcha unsurlari mutanosib kompozitsiya hosil qilishi lozim, bunda optik markaz - geometrik markazdan sal yuqoriroq va chaproqdagi nuqta - reklama markazi bo’lishi lozim. Yirik va qora unsurlar mayda va kulranglilarga qaraganda ko’proq «tosh bosadi». Shuningdek, oddiylardagiga qaraganda noodatiy shakldagi unsurlar ham, qora va oq rangdagilarga nisbatan rangli unsurlar ko’proq e'tiborni tortadi. Ba'zan dizayner reklama ko’zga tashlanadigan bo’lishi uchun ataylab muvozanatni buzadi. Mutanosib taqsimlash (nisbat). Reklama dizayneri uchun mutanosib taqsimlash o’lchamlarning o’zaro nisbati, ya'ni reklama kengligi uning chuqurligiga, bir unsur sathi o’lchamining boshqa unsur sathi o’lchami nisbatidan, ikki unsur orasidagi masofa va bu ikki unsurdan biri hamda uchinchi bir unsur orasidagi masofalar nisbatidan kelib chiqadi. Reklamada zaruriy mutanosib taqsimlashga erishish uchun dizayner oraliqlarni ko’z standart matematik nisbatlarni ilg’amaydigan holda joylashtiradi. Odatda, dizayner reklamani ikki, uch yoki to’rtta teng qismlarga ajratishdan qochadi. Yunonlar kenglikni mutanosib taqsimlash namunalarini qoldirganlar. Kenglikning chuqurlikka nisbati taxminan 3:2 ga yoki yanada afzali 5:3 ga teng. Tomonlari bir xil bo’lgan kvadrat ikkita turli o’lchamli to’g’ri to’rtburchak bilan qiyoslanganda yutqizadi. Agar kvadrat shaklni ishlatishga to’g’ri kelib qolsa, dizayner unda yassi yoki tik tasma yohud chiziq o’tkazib, uni eniga yoki bo’yiga «cho’zishi» mumkin. Agar dizayner tik tugri burchakli to’rtburchakni ishlatadigan bo’lsa, uni yassi chiziqlar bilan bir necha tasmaga ajratadi. Yuqoriga yaqinroq joylashgan va matematik markaz bilan kesishmaydigan chiziqlardan biri optik markaz chizig’i sifatida qabul qilinishi mumkin. Shunda reklama unsurlari tasmalarda joylashadi. Ba'zi dizaynerlar eng muhim unsurlarni optik markaz chizig’iga tegadigan yoki uni kesib o’tadigan qilib joylashtirishni afzal ko’radilar. Mutanosib taqsimlashga reklamaning rangi ham ta'sir qiladi. To’q va och ranglarning eng maqbul mutanosib taqsimlanishi quyidagichadir: • o’rta kulrang ranglar – 1/2 • och kulrang ranglar -1/4 • qora ranglar – 1/4. Har qanday ranglar birikmasida bironta rang ustun bo’lishi maqsadga muvofiq. 🎓Design academy