Įrašo turinys
Izchillik. Agar iste'molchi reklamaga ko’z yugurtirayotganida e'tiborini goh u, goh bu unsur tortadigan bo’lsa, reklama o’z vazifasini bajaradi, albatta. Dizayner reklama unsurlarini iste'molchi tomonidan to’g’ri qabul qilinadigan tartibda o’rnatishni afzal ko’radi. Buning uchun qator uslublar mavjud. Dizayner unsurlarni ko’zning tabiiy harakatiga ko’ra joylashtirishi mumkin: nigoh chapdan o’nga va yuqoridan pastga harakat qiladi. Dizayner buni hisobga olgan holda, unsurlarni yuqoridagi chiziq bo’ylab chapdan o’ngga, so’ngra undan quyiroqdagi chiziq bo’ylab chapdan o’ngga joylashtirishi mumkin va hokazo. Biroq hamma shu tartibga rioya qilsa, reklama juda zerikarli bo’lib qolar edi. Shuning uchun dizaynerlarga boshqacha uslublarni qo’llashlariga to’g’ri keladi. Nigohlar, shuningdek, yirikroq unsurlardan maydalariga, qora unsurlardan ochroq ranglilarga, rang-baranglaridan rangsizlarga, g’ayrioddiy shakldan oddiy shaklli unsurlarga qarab harakat qilishi ham mumkin. Shuni hisobga olib, dizayner ko’zlar harakatini amalda reklamaning istagan nuqtasiga yo’naltirishi va uni istagan yo’nalish bo’ylab yetaklashi mumkin. Ba'zan dizayner, iste'molchi nigohiga go’yo yo’l to’shash va unga yengillik yaratish maqsadida ko’z harakatlarini tutashtirish yoki tug’ri chiziq yordamida yo’naltiradi. Ayrim hollarda esa, dizayner iste'molchi nigohini boshqarishning nozikroq yo’lini topishga muvaffaq bo’ladi va bu bilan kuchli ta'sirchanlikka erishadi. U, masalan, shakl va o’lchamlarni takrorlashi mumkin. Bu bilan nigoh uchun hayolan yo’l yaratiladi, desa bo’ladi. Dizayner bunday yo’lni unsurlarning katta-kichikligiga qarab chegaralash yordamida yaratishi ham mumkin. Bu holda nigoh bir turkumdan boshqasiga qarab harakat qiladi. Izchillik o’ziga hos optik zarb bo’lib, u sakrash va tanaffuslarni qamrab olib, boshqa yo’llar bilan ham harakatlanishi mumkin. Yaxlitlik. Yaxlitlik dizaynning eng muhim tamoyilidir. Yaxlitlik reklama unsurlari bir-birini to’ldirishini va o’zaro muvofiqlashishini taqozo qiladi. Dizayner unsurlarning bir-biriga moslarini tanlab, ularni to’g’ri shaklda joylashtirar ekan, uyg’unlik yaratadi. Unsurlar shakli, o’lchami, sathi, rangi va yo’nalishiga ko’ra bir-biriga turdosh bo’lsa, yaxlitlik tamoyiliga to’liq javob beradi. Dizaynerga g’ayrioddiy, masalan, tor va uzun yoki ikki sahifani band qiladigan va x-k. shakliy reklama bilan ishlashga to’g’ri kelsa, yaxlitlik tamoyili muammosi yanada keskinroq tus oladi. Tashqi chegaralar. Reklamaning ichidagi chegaralar (ularni «qutilar» ham deyishadi) bir hil qalinliq, bir hil rang va jiloga ega bo’lsa, yaxlitlikni bo’rttiradi. Iste'molchi o’xshashlikni ko’radi va fikran unsurlarni bir-biri bilan bog’laydi. Reklama o’lchami bo’ylab zukkolik bilan joylashtirilgan oq sath chegaralar rolini bajaradi va u reklama yaxlitligini bo’rttiradi. Agar dizayner oq sathni reklama markazidagi unsurlar orasida mujassamlashtirsa, u reklama alohida bo’laklarga bo’linishini ifodalaydi va yaxlitlikni buzadi. Reklamaning chetlariga chiqarilgan oq sathni hamma tomondan chuqurligi bir hil bo’lgan tasma shaklida joylashtirish kerak emas. Mutanosib taqsimlashni saqlash uchun oq sathni noaniq shaklda bergan ma'qul. Ufq - reklama yaxlitligini mustahkamlashning eng yaxshi vositasi sanaladi. U ko’rinadigan yoki yaxshisi tasavvur qilinadigan bo’lishi mumkin. Reklamada ikki, uch va undan ko’proq o’qlardan foydalaniladi, ular tik va yassi holatda o’tadi. O’q butun reklamadan o’tib, atrofida unsurlar guruhlanadigan asos hosil qilgandek bo’ladi. Qandaydir bir unsur yoki unsurlarning ko’pchiligi o’qni kesib o’tishi mumkin. Lekin bunda o’q o’zining birlashtiruvchilik hususiyatini yo’qotmasligi lozim. Dizayner uch nuqta usulini qo’llasa, yaxlitlikni mustahkamlaydi. Uch unsurli kompozitsiya ikki yoki to’rt unsurli kompozitsiyaga qaraganda mutanosibdir. Reklama ikki sahifaga joylashganida birlikka rioya qilishi, ayniqsa qiyin kechadi. 🎓Design academy