Įrašo turinys
Bu masalada bir qancha maslahatlar berish o’rinlidir: 1. Ikkala sahifada ham bir hil rang, bir hil usul va bitta shriftdan foydalaning. 2. Chap tomondagi sahifadan o’q o’tkazing, lekin uning unsurlarini o’ng tomondagiga bo’ysundiring. Sarlavha reklamaning bukilgan joyidan o’tib, ikkinchi sahifani ham qamrab olishi mumkin. Bunda buklangan joy harflar orasidan emas, balki so’zlar o’rtasidagi oraliqdan o’tishi shart. Rasmni ikkala sahifaga joylashtirish mumkin, lekin bukilgan joy muhim unsurlarga to’g’ri kelmasligi kerak. Masalan, bukilgan joy reklama bosh personajining yuzidan o’tmasligi lozim. 3. Bukilgan joyga e'tibor qilmasdan, butun reklamani atrofidan, ikkala sahifa orqali ramkaga oling. Urg’u. Dastavval dizayner reklamaning qaysi unsuri: rasm, sarlavha yoki matnga urg’u berish kerakligini hal qilib olishi kerak. U qaror qabul qilgach, e'tiborni shu unsurga markazlashtirish yo’llarini izlaydi. U rasmni boshqa unsurlar ta'siridan himoya qilib, ajratib ko’rsatishi, yana shu rasmni kattalashtirib, rasmga qavariqlik va jilo berishi mumkin. Ajratib ko’rsatilayotgan ob'yektning muhimligini reklama beruvchi iste'molchilarning fikrini, reklamaning o’lchami va hokazolarni hisobga olish lozim. Unsurga urg’u berishga birinchi navbatda zidlik - ajratilayotgan ob'ekt bilan ikkinchi darajali ob'ekt o’rtasidagi qarama-qarshilik vositasida erishiladi. Urg’u berishga, shuningdek yo’nalish, o’lcham, shakl, sath, rang, tus va chiziqlarni keskin o’zgartirish yo’li bilan ham erishish mumkin. Dizayner tamoyillardan imkon qadar to’liq darajada foydalanishga intiladi, lekin har bir reklamaga o’zidan tamoyillar doirasiga sig’maydigan nimanidir qo’shadi. Reklama dizayni risoladagidek bo’lishi mumkin, ammo bu shaxsiy unsur ishtirokisiz jonsiz va zerikarli chiqadi. Eskizlar. Eskizlar sifatiga kura turli xil - kichik xomaki eskizdan tortib, reklama dizayni to’liq bajarilguniga qadar davom etadi. Dizayner ishni kichraytirilgan shakldagi, lekin mutanosiblikka amal qilingan xomaki eskizdan boshlaydi. Ba'zan bu bosqich o’tkazib yuborilib, birdaniga qoralama eskiz ustida ish boshlanadi. Qoralama eskiz reklamaning asl kattaligida tayyorlanadi. Unda reklama dizayni unsurlari umumiy tarzda ko’rsatiladi. Reklamaning ishlov berilgan dizayni eskizida sarlavha to’liq, rasm yoki surat tayyor holda bo’ladi, matn esa, faqat parallel chiziqlar bilan ifodalanadi. Unsurlarni joylashtirish tugallangan bo’ladi. Uning hoshiyalariga hech qanday belgilar qo’yish talab qilinmaydigan darajadagi holatga keltiriladi. Ba'zan reklama buyurtmachisi uchun reklama dizayni eskizi to’liq tayyorlanadi. To’liq eskizda barcha detallar ko’rsatilgan bo’ladi. Sarlavha tush bilan yoziladi, rasm tolaligicha chiziladi yoki surat beriladi, matn yoziladi. “Reklama va dizayn” G. Karimova, X.Kamilova ma'lumot jo'natdi#dilshodismoilovdio 🎓Design academy