TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← RedFox Branding
RedFox Branding avatar

TGINSIGHT POST

Post #88

@RedFoxuz

RedFox Branding

Peržiūros663Peržiūrų skaičius
Paskelbta12-282017-12-28 13:53
Turinys

Įrašo turinys

​​Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilish tarixi. 3-qism ma'lumot#texnomanuzdan olindi. »Image Pro« dan „Photoshop“ ga o'tilishi Dasturni moliyalashtirish boshlandi. „Photoshop“ atamasi qayerdan paydo bo'lganligini hech kim bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila tomonidan „Photoshop“ deb nomlangan degan gap bor. Dastlabki versiyalarda ekranlarda Photoshop ko'ringanligi hozirda bizda „ExTraneous CapitaliSation“ ko'ringanday.Qizig'i shundaki, ko'p dastur tuzuvchilar o'z yo'nalishlarini Photoshop tomonga burdilar va bunday dasturlarni mustaqil ishlab chiqa boshladilar. Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar edi. Bu kompaniya hozirda bizga mashhur bo'lgan „Adobe“ kompaniyasi edi. Lekin masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi. Barneyscan skanerlarini ishlab chiquvchilar aka-ukalarga Photoshopni o'z mahsulotlari komplektida sotishni taklif qilishdi. Natijada 200ta nusxalangan Photoshop Barneyscan XP savdo belgisi ostida tarqalib ketdi. Yaxshiyam Adobe bilan kelishuv uzoq davom etmadi. Tez orada Jon o'z dasturiga e'tiborni jalb qilish uchun kompaniyaga keldi. U bu yerga kelib Rassel Brounga o'z dasturini imkoniyatlarini namoyish qildi. Keyin Photoshop Art-director ga namoyish etildi. Direktorga ma'qul bo'ldi va tezda sotib olish kerakligini aytdi. Aobe tomonining soddaligidanmi yoki aka-ukalarning ehtiyotkorligidanmi dastur to'la sotilmadi, faqat litsenziyalandi. Shuning uchun, dasturdan keladigan gonorar aka-ukalarga tegishli bo'lib qoldi. Hammasi juda yaxshi borar edi. Lekin aka-ukalar bu muvaffaqiyatlar bilan to'xtab qolishmadi. Oldinda juda ham o'gir ish-Photoshop 1.0 rasmiy versiyasini ishlab chiqish turar edi. Tomas dasturni natijaviy kodlash ustida ishladi. Bu vaqtda Jon esa Plug-ins ni kengaytirish ustida ishlar edi. Bu esa Adobe xodimlarini hayratlantirdi. Ular bunda ayyorlik va aldashni ko'rishdi. Qizig'i shunda ediki, ba'zi qoidalarga qattiq rioya qiluvchi xodimlar, Photoshopni kengaytirish standartlarga to'g'ri kelmaydi va yaxshi natija bermaydi deb fikr bildirishdi. Boshqalar esa, uni to'g'ri ishlatish ko'p foyda berishini aytishdi. Dasturni tugatishni oxirgi bosqichlarida ham Tomas uni o'zgartirish va mukammallashtirishga vaqt va kuch topdi. Photoshopning tarafdorlari Jon va Rassel Brounning qo'llab quvatlashi va Adobe ning qarorlari natijasida 1990-yil, fevral oyida Adobe Photshop rasmiy versiya sifatida chiqdi. So'zsiz 1-versiyaning chiqishi, ko'p xatolarga qaramasdan muvaffaqiyatli bo'ldi. Adobe kompaniyasi Photoshopning hammabopligini isbotlab berdi, lekin u o'sha vaqtda maxsus dastur tuzuvchilar uchun ishlab chiqilgna edi. Adobe kompaniyasi: Photoshop yordamida shunday natijaga erishishish mumkinligini, bunday natijaga ilgari faqat bir necha ming dollar turadigan professional, maxsus dastur asosidagina erishish mumkin ekanligini ta'kidladi. O'sha vaqtda Photoshopning narxi 1000$ bo'lishiga qaramasdan, uning eng katta raqobatchisining narxi 1995$ turadigan Letraset's ColorStudio dasturi edi. 2.0 versiyani ishlab chiqish bosqichida Adobe dasturchilar shatitini kengaytirdi. Dasturga Bezye egri chizig'ini kiritish uchun Mark Gamburgni taklif qildi. Bu vaqtda Photoshopda yangi imkoniyatlar ochildi: Pen tool, ikki tonli tasvirda ishlash, Illustratordan ba'zi tasvirlarda import va Rasterize. Bulraga yana CMYK qo'shildi. Photoshop uchun kasb bozorining ochilishi, poligrafiya xizmatlari Adobe kompaniyasi uchun juda qo'l keldi. Sotish bo'yicha birinchi menedjer Steven Gutman beta-versiya dasturlariga kodli nomlar taklif qildi. Bu odat shu kungacha davom etyapti. 1990-yilda chiqqan 'Fast Eddy' beta-versiya 2.0 ning kodli nomidir. 🎓Design academy