Įrašo turinys
Aynimoda o‘sish imkoniyati har birimiz uchun! Bafoev Sherzod — Sotuvchidan Marketing bo‘limi boshlig‘igacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 2020-yilda Buxoro do‘konida sotuvchi sifatida ish boshlagan Sherzod, tirishqoqligi va o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi bilan jamoaning ishonchini qozondi. 2021-yilda SMM mutaxassisi bo‘lib, kompaniyaning onlayn ko‘rinishini yaxshiladi. 2023-yilda Markaziy omborga o‘tib, tovar qabul jarayonlarini o‘rgandi, 2024-yilda Sotib olish bo‘limida tovarshunos sifatida assortiment va sifat nazoratida o‘zini ko‘rsatdi. Mehnatsevarligi sabab, 2025-yilda Marketing bo‘limi boshlig‘i bo‘ldi. Sherzodning hikoyasi shuni ko‘rsatadiki — Aynimoda imkoniyatlar cheksiz. Keyingi muvaffaqiyat hikoyasi aynan sizning qo‘lingizda. ➡️ Karyerangizni Aynimoda boshlash uchun ariza qoldiring: @Aynimo_Jbot ❇️ Rasmiy kanal: @aynimoish ☎️ Murojat uchun: +99893 098 50 15