Naujausi įrašai
1 puslapis iš 8 · 89 įrašų
Paskelbta 02-15
"MANSUR BOʻLIB KELDIM" Iste'dodli shoir Mansur Jumayev xotirasiga bagʻishlangan hujjatli film. "Mahalla" telekanalida 17-fevral, soat 20:40da. @suhrob_ziyo1
Paskelbta 01-14
Leytenant Gʻaniyev monologi – Oldinga, leytenant Gʻaniyev! Orqaga yurishga haqqing yoʻq! Oldinga, leytenant Gʻaniyev! Oldinda yogʻilib turar oʻq... – Oldinga, leytenant Gʻaniyev! Oldinga, quroldosh joʻralar! Biz oshkor chiqamiz maydonga, Dushmanlar panadan moʻralar... Sudrayman oʻq yegan oyogʻim, – Qani chiq, gazanda, bekinma! – Tilga kir, vafodor qurolim, – Jangga kir, yuragim, chekinma! Jangga kir, qarshingda jangari Dushmanni tilkala birma-bir! Jangga kir, ajdodlar singari, Jangga kir, jangga kir, jangga kir! Ortimda xalqim bor – umidvor, Qon boʻlgan libosim – kafanim! Ortimda Munavvar onam bor! Ortimda – munavvar Vatanim! Orqaga qaytmaymiz, Maʼrufjon! Orqaga yoʻl yoʻqdir qaytgulik. Tur, olgʻa boramiz, Qahramon! Oldinda hayot bor mangulik. Hech qachon unutmam, doʻstlarim, Kishtutning bu gʻamgin tunini. Oldinga boraman – olgani Qahramon doʻstlarim xunini. – Oldinga, leytenant Gʻaniyev! Bir boshga bir oʻlim, joʻralar! Biz oshkor chiqamiz maydonga, Dushmanlar panadan moʻralar...
Paskelbta 12-05
Bugun qadrdon joʻram Dilmurod Doʻst tugʻilgan kun! O‘N BARMOQLI TIL Vokzal. O‘n sakkiz yoshli bir gung yigitcha, Tirikchilik qilardi hammollik bilan. Yuk tashir, yelkalab hayot tashvishin Yashardi mehnatda, halollik bilan. ...Bir kun misli ko‘kda mohday dilobar, Ko‘zlari munchoqdek, xushqomat, lobar. Hurliqo imlamish hammol yigitni. (Yo‘lqutilar turar, g‘amga barobar) Yigit unutgandi dunyo-yu dunni, O‘tgan bedor tunlar, ham og‘ir kunni. Mohmonand qizni u sevib qolgandi, Izhori dil uchun izlar bir unni. Taassufki, bexabar ketib borar qiz... Bir alam tirnardi yigit dilini. Ayni dam izhorga imkonsiz edi, Band qilgandi yuklar uning tilini. © Dilmurod Do‘st
Paskelbta 12-02
Ba’zan kitob mutolaasi chogʻida qiziq faktlarni yozib yuraman. Ulardan biri “Zakovat” teleo‘yinida oʻynaldi. Bilimdonlar jamoasiga omad tilayman!
Paskelbta 12-01
Bugun shoir doʻstim Dadaxon Muhammadiy tugʻilgan kun! *** Oʻlmadim, taqdirga chap berdim chogʻi, Azroil yonimdan oʻtib ketdi jim. Oʻttiz yil hayqirdim, hoʻngradim gohi Ammo menligimni bilmadi hech kim. Kunlar oʻtaverdi, ogʻir, bemajol, Daryoga toʻr tashlab kutaverdim men. Dunyo oʻtaverdi mensiz bemalol, Har kuni dunyodan oʻtaverdim men. Birda yomgʻir boʻlib, birda shamolday, Xudo – borligini eslatib turdi. Koinot zarradan bunyod boʻldi va Meni borligimni bir odam koʻrdi. Hech kim rozi emas – arz etdim birga Har tongda osmonga uraverdim doʻq. Hamma taʼna qilar, ammo taqdirga Savol beray desam savolim ham yoʻq. ©️Dadaxon Muhammadiyev
Paskelbta 11-10
“MUTOLAA”DA SHE’RIYAT davom etadi! Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasihamkorligida “SOKIN JANG” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi. • Dastur qahramoni: iste'dodli shoir Suhrob ZIYO • Mehmon: shoir va aktyor Erkin BOZOROV 📝 Soʻz va adabiyot muxlislarini 12-noyabr kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz. 👇Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring: https://forms.gle/UtZ9vG7RxZ7hV2Ay8 Mutolaa ilovasini yuklab oling
Paskelbta 11-05
📽️ “Chol va dengiz” asariga film ishlandi! Ushbu qisqa-metrajli film Ernest Hemingueyning “Chol va dengiz” asari asosida olindi. Dunyo miqyosida mashhur adib, “Nobel” mukofoti sovrindori Xemingueyning mazkur asarida insonning ulug‘ligi, undagi iroda matonat, oqillik va azmu qaroridan og‘ishmaslik o‘zgacha talqinda aks etgan. “Mutolaa” loyihasi milliy va saviyali kontentlar ishlab chiqarishda, hikoyalarni ekranizatsiyalashda davom etadi. 🍿Maroqli tomosha tilaymiz: https://youtu.be/ZLF3F1wZUos https://youtu.be/ZLF3F1wZUos https://youtu.be/ZLF3F1wZUos Mutolaa ilovasini yuklab oling
Paskelbta 11-02
Sizga yaxshi ko’rgan she’ringizni o’zgacha ko’rinishda taqdim etamiz. Tomosha qiling, she’rni birinchi qayerda o’qiganingizni izohlarda yozishni unutmang. Yout tube: https://youtu.be/7GsmQFNPL-E Instagram: https://www.instagram.com/reel/DQjd6SeDShi/?igsh=MTJ4YTJ6MDdrdm5kNQ== @soz_loyihasi
Paskelbta 10-19
So’zda ikkinchi mavsum boshlandi! Ko’rib, baho bering, fikringizni qoldiring. Tanishlarga ulashing, fikrlarga, tanqidlargayam ochiqmiz! You tube: https://youtu.be/RRZVhebZmF0?si=gUzOnUgoDDLuS-IS Instagram: https://www.instagram.com/reel/DP_scnDEuX1/?igsh=MTRyeTJ1eTVnZDRoZw== @soz_loyihasi
Paskelbta 07-20
Bugun millatning chin shoirlaridan biri, ustoz Eshqobil Shukur tugʻilgan kun! Suhbat Oqarsuv boʻyida, oqshom chogʻida, Qari tol boshida oy porlagan payt. Ozurda tuygʻular qoʻnalgohida Menga suv tilida sirlaringni ayt. Ilkis tun sayriga shamol chaqirsa, Shovqinli shaharni aylansang sekin. Chor tarafda tinmay sevinch baqirsa, Sen sogʻinch tilida bir narsa degin. Ne kechar dunyoning oʻng-u soʻlida Tuygʻular koʻzyoshday qalqib turgan payt. Hamma laqillasa bozor tilida Sen koʻngil tilida biror jumla ayt. Qanday tushuntiray holimni senga Egik boshim uzra oyday yogʻdu soch… Barini bir chetga qoʻygin-da, menga Sukunat tilida yuragingni och. ✍Eshqobil Shukur
Paskelbta 07-16
Zakovat intellektual teleoʻyinida savolimiz oʻynalibdi. Bilimdonlarga omad tilayman!
Paskelbta 07-01
Abdulla Qodiriy. “Nima qayoqqa ketadir” (1923). “Ishchining topqani xoʻjayinning xaltasigʻa ketadi. Sovdagarning topqani oʻgʻul toʻyisigʻa ketadi. Toshkand koʻnchilarining topqani qishliq toʻkma bilan yozliq gapka ketadi. Qimorbozning topqani gartkam bilan toʻrtta oshiqqa ketadi. Bedanabozning topqani tariqqa ketadi. Muridning topqani eshonga ketadi. Eshonning topqani sakkizta xotungʻa ketadi. Xotunlarning topqanlari issiq-sovuqchi domlagʻa ketadi. Boybachchaning topqani “Turkvino” bilan barishnaxonlargʻa ketadi. Yoshlarning topqanlari upa-elik bilan oʻsma-surmalarga ketadi. Eski shahar ispolqoʻmining topqani har xil yuqori shefstvolarga ketadi. Baladiya boʻlimining topqani xizmatchilarning maoshiga ketadi. Vaqf shoʻbasining topqani idorasini bejash uchun qip-qizil gilamlarga ketadi. Otning topqani eshakka ketadi. Boʻrining topqani tulkiga ketadi. “Mushtum”ning topqani turkistonliklarning tumshugʻiga ketadi. Ushbularning oʻqugʻan kishining dami – dambaligʻa ketadi! Bizning topqanimiz achchiq-tiziqqa ketadi! – deb, Mulla Julqunboy yozdilar. (Darhaqiqat, suratni muallif soʻzlari ila sunʼiy intellektda chizdirdim).