Naujausi įrašai
1 puslapis iš 9 · 104 įrašų
Paskelbta prieš 22 dienas
Kimgadir ehtiyoj sezsang, bilgilki, yuraging sendan mustaqil yashay boshlagan. - Sevgi va boshqalar (Gabriel Garsia Markes) @eski_fikr | barchasi jiddiy
Paskelbta prieš 25 dienas
Aslida dunyo ham ijara uyday gap, faqat uning ijara haqini har kim oʻzicha ado qiladi, haqini toʻlay olmaganlarni erta kunda quvib soladi, negaki u chinakamiga yaxshi odamlarni yoqtirmaydi, chunki dunyo, katta xolangni uyi emas, u baribir yaxshilarni sigʻdirmaydi. Murodil Joʻrayev (Kelgindi) @eski_fikr | barchasi jiddiy
Paskelbta 03-30
Sog‘inish — bu qalbning yig‘lashi. Inson sog‘inganda dunyo torayib, faqat bitta chehra sig‘adigan bo‘lib qolar ekan. Sen bahorni intizor kutasan, lekin u kelganda sen izlagan gul ochilmasa, butun dunyoning yashilligi ko‘zingga tikan bo‘lib sanchiladi. Muhammad Ismoil (Bahorning eng soʻnggi lolasi) @eski_fikr | barchasi jiddiy
Paskelbta 03-29
Bugun odamlarning yuzi kulib turibdi, lekin yuragida qishning sovuqligi bor. Hamma o‘zining dardi bilan ovora, sening so‘layotganing, ko‘zingdagi nurning o‘chayotgani hech kimni qiziqtirmaydi. Senga 'yaxshimisiz?' deb so‘rashadi, lekin 'ha' degan javobing ortidagi minglab og‘riqlarni eshitishni xohlashmaydi. Dunyo — katta bir teatr, biz esa o‘sha sahnada o‘z lolasini yo‘qotib qo‘ygan, ammo majburan jilmayib turgan aktyorlarmiz." Muhammad Ismoil (Bahorning eng soʻnggi lolasi) @eski_fikr | barchasi jiddiy
Paskelbta 03-15
Baʼzan hayot chidab bo‘lmasdek ko‘rinadi, bir lahzadan so‘ng shu chidab bo‘lmas hayot go'zal ko‘rinadi. Hayot hech qachon o‘zgarmaydi, faqat hayotga bo‘lgan bizning qarashimiz o‘zgaradi. Jef Foster @eski_fikr | barchasi jiddiy
Paskelbta 02-28
Hech boʻlmasa haftada bir marta ota-onangdan "nima dardingiz bor?" deb soʻrab qoʻy. Ular senga dardini aytmasligi mumkin. Ammo koʻngli koʻtariladi... Oʻtkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar) @eski_fikr | barchasi jiddiy
Paskelbta 02-16
Haromning eng qiyin joyi boshidir. Keyin osonlashadi, keyin oddiy holga aylanadi, keyin o‘rganib qolinadi, keyin shirin tuyulishni boshlaydi va qalbga o‘rnashib oladi. Keyin esa qalb o‘ziga yana boshqa haromni qidiradi. Imom Shofe’iy @eski_fikr | barchasi jiddiy
Paskelbta 02-09
Odamzotning feʼli shunaqa. Noxush narsani eslagisi kelmaydi. Ammo yomon xotira barmoqqa chiqqan yaraga oʻxshaydi. Qoʻlingni qimirlatishing bilan oʻsha laʼnati yara bexosdan bir joyga tegib ketadi-yu, azob beradi... Oʻtkir Hoshimov (Ikki eshik orasi) @eski_fikr | barchasi jiddiy
Paskelbta 02-04
Taqdir poyezdining temir izlari, ehtimol, avvaldan qurib chiqilgan boʻlishi mumkin. Lekin unga bekatlarni oʻzimiz quramiz va tanlaymiz.. Aleks Korteze @eski_fikr | barchasi jiddiy
Paskelbta 02-01
Mening na yuragim bor, na jismim va na ruhim. Menda faqat muhabbat bor. Sen qarshingda turganni men deb o'ylaysan. Biroq adashasan. Ko'rayotganing aslida eng pokiza ishq, bu dunyoda ro'yobga chiqish nasib etmagan muhabbatdir. Paulo Koelo (Alif) @eski_fikr | barchasi jiddiy
Paskelbta 01-31
Balki avtobusda ketib boryapsan, Balki metrodadir… Tagʻin bilmadim. Topganing dard boʻldi, Dardlaring safsan, Qoʻngʻiroq ham qilmadim. Toshkent koʻchalarin erkalar yomgʻir, Restoran. Jaz tinglab, oʻqiyman kitob. Balki ayni chogʻda ahvoling ogʻir Yotgandirsan ijara uyingda betob. Balki orzuyingdek Balzak yashagan Shaharlarda kezib yuribsan tanho. Balki hamrohingdir hazon toʻshalgan Oʻrdadagi biz sevgan anhor. Esingdami? Motsartni sevardim, …bilganing Shopen. Asabim buzishga ustayding. Shahar aylanardik Doʻkonlar “open”. Baxtli boʻlishimizni istarding. Sersavol qiz eding sersavol, – Nega koʻp chekasiz? – Qoshingiz qalin… Hammasi tugagan, Hammasi zavol… U kunlar qaytmaydi ming yolvor, yalin. Toshkent – katta shahar, Bardoshday katta, Baxtingni topasan… Azizam… Tushun. Kechir, oʻsha oqshom Sen yomgʻirdan qochib kelgan bekatda Avtobus kutib turganim uchun. - Jontemir @hislar_rangi
Paskelbta 01-29
Erkaklar oʻzidan ustunlarni yoqtirmaydi. Ehtimol, shu tufayli ularning koʻpchiligi aqlli ayollardan nafratlanib, ahmoq ayollarni sevishsa kerak. Agata Kristi @eski_fikr | barchasi jiddiy