TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Turinys
Įrašo turinys
«…» va “…”. Qo‘shtirnoqlar farqi Bugungi postda grafik jihatdan qo‘shtirnoqlarni qo‘llash haqida qisqagina ma’lumot bo‘ladi. Demak qoida shunday: — Rus tilida «вот так» yoki kamdan-kam hollarda „вот так“ — Ingliz tilida “like this” O‘zbek tili uchun: — Lotin yozuvida „bunday“ — Kirill yozuvida «бундай» Kelib chiqishiga ko‘ra, bu «…» — fransuzcha, bu “…” — inglizcha, bu „…“ — nemischa qo‘shtirnoq. Klaviatura kombinatsiyalari: « — Alt + 0171 » — Alt + 0187 “ — Alt + 0147 ” — Alt + 0148 „ — Alt + 0132 #spelling#blog@blogfolio