TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← RedFox Branding
RedFox Branding avatar

TGINSIGHT POST

Post #1924

@redfoxuz

RedFox Branding

Peržiūros1,200Peržiūrų skaičius
Paskelbta03-192025-03-19 10:27
Turinys

Įrašo turinys

Marstiff — O‘zbekistondagi birinchi SAT imtihoniga tayyorlovchi akademiya bo‘lib, biz ushbu akademiya uchun zamonaviy va professional logotip yaratdik. U akademiya asoschisi Marifat Jamalning mustahkam qadriyatlari va bilimga asoslangan yondashuvini ifodalaydi. Logotipdagi «M» harfi shaklidagi belgi barqarorlik va yuksalishni anglatadi. Bu esa Marstiff’ning mukammallikka intilishi va doimiy rivojlanishga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi. Logotipda tanlangan to‘q yashil va yorqin yashil ranglar esa bilim, o‘sish, ishonch va qat’iyatlilik kabi tushunchalarni ifodalaydi. Umuman olganda, logotip nafaqat chiroyli ko‘rinadi, balki Marstiff’ning asosiy g‘oyalarini – bilim, o‘sish va mukammallik sari intilishni yorqin namoyon etadi. Bog'lanish uchun: ☎️ +998 97 778 5008 ❤️@RedFoxManager 🖼Behance / 🖼Dribble / 📹Instagram