TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← RedFox Branding
RedFox Branding avatar

TGINSIGHT POST

Post #1937

@redfoxuz

RedFox Branding

Peržiūros701Peržiūrų skaičius
Paskelbta04-082025-04-08 13:40
Turinys

Įrašo turinys

#rebranding / #qabriston Rebranding orqali o‘z-o‘zini ko‘mgan kompaniya: Jaguar Bir paytlar haqiqiy mujitlar (erkaklar) uchun mo‘ljallangan brend edi. Ko‘rinishi, dizayni, motorining gumburlagan ovozi, ranglarining o‘tkirligi – hammasi erkaklik elementlari bilan to‘lib-toshgan edi. Bu brendning logotipi o‘zida qudrat, tezlik va o‘ziga xos joziba mujassam edi. Eski logotipga qarang: otilayotgan yaguar, tanasining har bir mushagi aniq, og‘zi ochiq, harakati shiddatli – bu nafaqat mashina, balki shiddatli kuch va mustaqillik ramzi edi. Pastda esa “JAGUAR” so‘zi qalin, katta harflar bilan, shriftda harakat va jur'atni birlashtirib turgan. Bu brend “erkaklar mashinasi” degan tasavvurni mukammal ifodalardi. Yangi logotipni ko‘rib... (tuut) U yerda endi na yaguar bor, na o‘sha qudratli hissiyot. Uni o‘rniga “J” va “R” harflari ayollar parfumeriyasini elsatyapti xolos. Biz uchun Jaguar o‘z-o‘zini ko‘mib qo‘ydi. Agar brend o‘zining DNKsidan voz kechsa, logoni o'zgartirishga hojat yo'q edi, "Jaguar" nomini o'chirib ayollar uchun yangi sub-brend ochsa ham bo'lardi. "Endi biz kuchli hissiyot vakillari uchun emas, nozik hissiyotsiz odamlar uchun brend ochdik", deb. Rebranding e'lon qilingan rasmiy video'sini ko'rib achinib ketdim: https://youtu.be/rLtFIrqhfng?si=ubVYU57zRYKrAlq0 Xullas Jaguar o‘zini nozik, ruhsiz bir narsaga aylantirdi. Men uchun Jaguar endi yo‘q – u "omadsiz rebranding" qabristoniga ko‘mildi.