Įrašo turinys
@redfoxuz / #marketing / #maqola Rossiyaning turistik brendi Rossiyaning turistik brendi paydo bo’lishiga ikki yil vaqt ketgan ekan. Bu jarayon uzoq va qiyinligi haqida, logotipdan oldin qilinadigan ishlar ko’pligi haqida maqolacha yozgan edik. O’sha maqolada yana aytgan edikki, eng kuchli brendlar universalligi bilan, ishlata olish miqyosi kengligi bilan kuchli bo’ladi. Xullas. 2015-yilda Rossiyada turistik brend uchun ochiq konkurs e’lon qilingan. 2016-yilda 480ta logotip va 600ta shior bilan ikkinchi bosqichga o’tilgan. 2017-yili hukumat va 58 mutahassisdan tashkil topgan jyuri tomonidan saralab olingan 10ta logotip xalq tanloviga taqdim etilgan, har bir logotip o’z g’oyasiga, logik ma’nosiga ega bo’lgan. XALQ TANLOVI BILAN 2017-yil Noyabr oyida Rossiyaning turistik brendi TANLANGAN. Quyida g’olib konsepsiyadan misollar keltiramiz. Batafsil: http://redfox.uz/rossiyaning-turistik-brendi/