TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← RedFox Branding
RedFox Branding avatar

TGINSIGHT POST

Post #446

@redfoxuz

RedFox Branding

Peržiūros654Peržiūrų skaičius
Paskelbta07-132019-07-13 19:15
Turinys

Įrašo turinys

@redfoxuz / #marketing / #maqola Pozitsiyalashtirirish (3-qism). Soddalashtiring Reklama, chaqiriqlar va axborotlar haddan tashqari koʻp yogʻilayotgan zamonda yashayapmiz. Yaʼni, sizning reklamangiz sezilmay qolishi ehtimoli juda katta. Bunday holatda eng toʻgʻri yoʻl bu - soddalashtirish. Biz juda kam bilamiz Inson miyasining hajmi, kompyuterniki kabi cheklangan. Kompyuter hajmi toʻlsa, u maʼlumot qabul qilishni toʻxtatadi. Inson toʻxtamay axborot qabul qilaveradi. Ammo birini siqib chiqarib, boshqasini, katta maʼlumot ichidan eng kerakli va qiziqarlisini eslab qoladi. Oʻzi his qilmagan holda filtrlaydi. Xullas siz berayotgan ulkan maʼlumotdan faqat ooooozginasini qabul qiladi. Aytaylik siz biron yangi mahsulotni ommaga tanitishingiz kerak. Birinchi 10 daqiqaning oʻzidayoq bu mahsulot haqida shuncha maʼlumot bilan tanishib chiqasizki, yaqin 10 yil ichida oʻrtacha isteʼmolchi bu maʼlumotlarni bilmaydi ham. Rostini aytyapman, masalan bir dona Snickersga nechta yeryongʻoq solinadi? Uning ogʻirligi qancha? Ichidagi masalliqlarini bilasizmi? Foyda-zararini? Qanday haroratda eriy boshlaydi? Kaloriyasi? Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtirirish-3-qism-soddalashtiring/