Įrašo turinys
@redfoxuz / #marketing / #maqola Pozitsiyalashtiring (7-qism). Avis va 7Upni qulatgan xato. Odatda, bir marta omadli pozitsiyalashtiruvchi yurish qilgan brendlar, keyinchalik nima sababdan muvaffaqiyatga erishganini unutishadi. Avisning rahbariyati oʻzgargandan soʻng, yangi rahbariyatga ikkinchi raqamli boʻlish yoqmay qoldi. Natijada “Avis birinchi boʻladi“ degan reklama paydo boʻldi. Eh... Rahbariyatning shaxsiy orzularini reklama qilishning zoʻr misoli. Avvalgi reklama psixologik darajada Avisni birinchi raqamli Hertzdan ham yuqoriroqqa chiqargan edi-ku. Yangi reklama esa maqtanchoqlikdan boshqa hech narsa emas. Bu ketishda birinchi boʻlish emas, hatto orqaroqdagi National Rent-A-Car ham Avisdan oʻzib ketadi (bu 1980-yili aytilgan gap edi. Bugunga kelib birinchi raqamli mashina arendatori bu Rent-A-Car). Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtiring-deydi-traut-7-qism-avis-va-7upni-qulatgan-xato/