Įrašo turinys
@redfoxuz / #marketing / #maqola Brendni formatlarga ajratish nega kerak? Formatlarga ajratish” Oʻzbekistonga ham kirib kelyapti, birinchilardan boʻlib Korzinka.uz “Discount” formati bilan boshlab bergan edi. Yaqinda Compass SKMda Makroning “City” formati ochildi. Kechagi kun esa yangi formatlar kuni boʻldi shekilli, birdaniga ikkita yirik brend yangi formatlarini taqdim etdi: Texnomart Mini - faqat televizor, smartfon, noutbuk, gadjet va aksessuarlar sotiladigan doʻkon. “Mini” soʻzidan tushunish mumkin, odatdagi texnika doʻkonlaridan ancha ixcham. Kir yuvish mashinasi, muzlatgich kabi katta hajmli buyumlarni uchratmaysiz. Bundan oldin Texnomart boshqa bir, “Texnomart Ekstra” formatini taqdim etgan edi. U yerda maishiy texnikadan tashqari, mebel va boshqa anjomlar sotiladi. Batafsil: http://redfox.uz/brendni-formatlarga-ajratish-nega-kerak/