TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← RedFox Branding
RedFox Branding avatar

TGINSIGHT POST

Post #453

@redfoxuz

RedFox Branding

Peržiūros592Peržiūrų skaičius
Paskelbta07-152019-07-15 13:42
Turinys

Įrašo turinys

@redfoxuz / #marketing / #maqola Family by Chopar — isteʼmolchi talabidan kelib chiqdi. Yangi yoʻnalish haqida rasmiy izoh. “Chopar oʻz nomi va logotipini oʻzgartirdi, xodimlar izoh berishini kutamiz” deb post joylagan edik. Maʼlum boʻlishicha bu rebrending emas, balki Chopar tarmogʻiga mansub restoran ekan. Marketing boʻlimiga “Perspective Group” (Les Ailes, Chopar, Torrero va boshqa brendlar) kompaniyasining Marketing boʻlimi boshligʻi, Shirin Alisherovna yangi yoʻnalish haqida maʼlumot berdi: “Family by Chopar - Chopar tarmogʻiga mansub yangi restoran. Family restoranlarida endi nafaqat pitsa, balki toʻlaqonli taomlar menyusi, turli xil ichimliklar va alkogolsiz koktellar tayyorlanadi. Restoran oilaviy hordiq chiqarishga moʻljallangani sababli, bu yerga farzandlar bilan kelish uchun qulayliklar, bolalar oʻyingohi yaratilgan. Batafsil: http://redfox.uz/family-by-chopar-istemolchi-talabidan-kelib-chiqdi-yangi-yo-nalish-haqida-rasmiy-izoh/